avatar
Куч
0.10
Рейтинг
+0.04

Мақолалар

Mening bobom va buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
 Mening bobom va buvimmahallamiz faxri

Reja:
1. Yurtimizda qariyalarga bo’lgan e’tibor.
2. Qari bilganni – pari bilmas.
3.Qarisi bor uyning– parisi bor.
4. Bobom qurgan bog’
Barchamizga ibrat, o`rnak bo`lib kelayotgan aziz va mo`tabar otaxon va onaxonlarimizning ulug` duolari har narsadan ustundir. Ularning beqiyos jasorati, so`nmas irodasi oldida hamisha qarzdormiz.
Har bir inson borki, kelajagi haqida o’y surar ekan, albatta, umrining yashab o’tganidan so’ng qanday keksayishni ko’z oldiga keltirmoqchi bo’ladi. U qadriyatlardan so’ng yaqinlari ayniqsa, o’z farzandlari, nabiralari e’tibarida, e’zozida bo’lishni hohlaydi. Keksa bobo va buvilarimiz ko’pni ko’rgan, hayotiy tajribalari yetarli, oq-qorani bir-biridan ajrata oladigan bo’lishadi. Shuning uchun ham xalqimizda: ”Qari bilganini pari bilmas”,  –  iborasi keng qo’llaniladi. Keksalar farzandlariga qanchalik e’tiborli bo’lsa, ularning hurmatini joyiga qo’ysa, holidan xabardor bo’lib tursa, ularning ko’ngli tog’dek ko’tariladi va duodan qo’llari bo’shamaydi. Shunday tarbiyali farzandlarni tarbiyalaganlaridan  o’z ichlariga sig’ishmaydi. .
“Qarisi bor uyning — parisi” bor. Har bir farzand o’zining keksa ota-onasiga suyanch, tayanch bo’lishi lozim. Chunki u farzand bugun o’z qariya ota-onasiga qanday munosabatda bo’lsa, erta uning farzandlari ham o’ziga huddi shu munosabat va muomalani qaytaradi. Shunday ekan “Nima eksang, shuni o’rasan”iborasi bejizga keltirilgan emas. Shuning uchun har bir inson kelajagini oldindan o’ylagan holda o’zini tuta bilib, kattaga hurmatda- kichikka izzatda bo’lishi lozim. Ayniqsa bugungi kunga kelib, yurtimizda qariyalarimizga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bularning eng asosiysi qilib, Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb atalganini misol qilib olishimiz mumkin. Keksalarimizga qaratilayotgan bunday e’tiborni, boshqa davlatlardan topish amri maxol. Shu bilan birgalikda sobiq sho’ro davrida  urushda mardonavor qatnashgan, o’z vatani, erki, hurligi,  jangga otlangan qariyalarimiz uchun bugunda davlatimiz tomonidan turli mukofotlar va ma’lum pul mablag’lari ajratilmoqda. Bundan tashqari shunday erkparvar qariyalarimiz qismini to’plab davlat tomonidan tarixiy obidalarimiz, ziyoratgoh joylarimizga turli sayohatlar uyushtirilmoqda. Bularning barchasi keksalarga bo’lgan yana bir e’tiborning yorqin dalilidir Biz farzandlar, nevaralar esa, keksa bobo va buvilarimizdan eshitayotgan har bir ibratli so’zlarini misli o’git singari yodlab olmog’imiz va ularga amal qilmog’imiz lozim.
Inson dunyoga kelibdiki, uning eng oltin davri bu-bolalikdir. Shundan so’ng u ota-ona bo’lib faqat va faqat farzandlari uchun yashaydi. Ularning tinchligini o’ylaydi. U faqatgina umrining so’ngi yillarida keksalik gashtini surishini, farzandlari e’tiborida bo’lishini istaydi. Shunday ekan, har bir farzand uchun o’z ota-onasi qariganida unga g’amxo’rlik qilib, uni e’zozlashi ham farz, ham qarzdir. Buni har birimiz yodimizda saqlamog’imiz lozim!
Davlatimizning bunday g’amxo’rligidan barcha keksalarimiz shod jumladan mening bobom Xolmamat bobo uzoq yillar shirkat xo’jaligida suvchi, brigadir lavozimlarida halol mehnat qilganlar. Dehqonchilik sohasida mohir bo’lganlar. Hozirda u kishini hamma usta dehqon sifatida bilib, maslahatlar so’rashadi. Bobom garchi nafaqada bo’lsalar ham, tinib-tinchimasdan o’z tomorqalarida bog’ yaratganlar. U kishini dehqon bobo deb ulug’lashadi. Mening bobom singari qariyalar yurtimizda ko’plab topiladi. Buvim esa, mahallada o’z tengqurlari ichida o’zlarining og’ir-vazminliklari, donoliklari bilan ajralib turadilar. Men ular bilan faxrlanaman.
Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko`nglini ko`tarish yo`lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandi. Bu ham keksalarimizga e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomidir. O’zbekistonday jannatmakon yurtimizda qarilik ham bir saodatdir.     Keksalarga cheksiz hurmat va ehtirom tariqasida Yurtboshimiz tomonidan bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va 14-aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni keksalarimizga qo`shimcha rag`bat va madad bo`ldi.
Osuda hayotimiz yo`lida kurashgan matonatli keksalarimizning ulug` duolari tufayli tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz.
O`zini hurmat qilgan ota-onalar ro`zg`orini moddiy tomondan ta’minlash, yangi imorat qurish yoki mashina sotib olish singari og`ir yumushlarni hech qachon voyaga yetmagan bolalari zimmasiga tashlab qo`ymaydilar. Lekin bu degani oila ishlarini, uning tashvishlarini faqat kattalar tortishi kerak degani emas. Oilada, agar sinchiklab qarasangiz, hammaga ish topiladi. Yana ham to`g`rirog`i oila ishlarining yurishishi, uning sog`lom va mustahkam bo`lishi sababchilari keksalarimizdir



Boshqa manbalarda, masalan, “Qobusnoma”dakeksalarning hurmatini joyiga qo`yish, ularga izzat-ikrom ko`rsatish, yolg`izlatib qo`ymaslik zarurligi, bunday muruvvat bor joyda fayz, qut-baraka bo`lishi, turli balo-qazolar odamlarni chetlab o`tishi va aksincha, odamlar o`rtasida noinoqlik, muruvvatsizlik, xudbinlik yuzaga kelgan joyda esa turli falokatlar yog`ilishi uqtiriladi. Yaxshi niyat, duo va muruvvat turli ofatlar yo`lini to`sadi, degan gap ham bejiz aytilmagan.. Oilada bolaning ongi rivojlanishida ham keksalarning o`rni beqiyosdir. Chunki ular ulkan hayot tajribalariga egadirlar.
Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo'lishadi. Chunki ular o'z umrlari davomida ko'p narsalarni ko'rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning — parisi bor» yoki «Qari bilganni — pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor: qariyalar bor uy fayzli bo'ladi, chunki ular yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri yo'lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to'ladi.
Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o'xshaydi. U — bugun bola, so'ngra ulg'ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo'ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo'lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.
Keksalik umrning donishmandlik davri hisoblanadi. Hayot farovonlashib borayotgani sari insonning nafaqat jismoniy umri, balki ijtimoiy umri va faolligi ham uzayib boradi. Buni mustaqil mamlakatimiz misolida yaqqol ko`rish mumkin. Yoshlarga har jihatdan o`rnak bo`lib kelayotgan piru badavlat, obro`-e’tiborli kishilarning xalqimiz orasida ko`payib borayotgani, bunday insonlar oilalarda, mahallalarimizda tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat barqaror bo`lishiga, yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Yoshlar keksalarni e’zozlar ekanlar, bu bilan o`zlari uchun ham piru badavlatlik poydevorini qo`ygan bo`ladilar. “Har kim ekkanini o`radi” deganlaridek, biz bugun otaxon-onaxonlarimizni, ustoz-u murabbiylarni qanchalar hurmat qilsak, vaqti kelib o`zimiz ham shunday ulug` e’zozga, hurmat-ehtiromga muyassar bo`lamiz.  Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.
 
 
“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri” mavzusidagi insholar tanloviga.
Yangiqo`rg`on tuman XTMFMT va TEB ga qarashli
5-umumiy o`rta ta’lim maktabining 9-“A” sinf o`quvchisi JAKBARALIYEVA KAMOLA.
Yangiqo`rg`on tuman Gaiston MFY 37-uy.
Tel.: +99893 494 07 85
 

Mening bobom va buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom va buvimmahallamiz faxri

Reja:
1. Yurtimizda qariyalarga bo’lgan e’tibor.
2. Qari bilganni – pari bilmas.
3.Qarisi bor uyning– parisi bor.


Barchamizga ibrat, o`rnak bo`lib kelayotgan aziz va mo`tabar otaxon va onaxonlarimizning ulug` duolari har narsadan ustundir. Ularning beqiyos jasorati, so`nmas irodasi oldida hamisha qarzdormiz.
Har bir inson borki, kelajagi haqida o’y surar ekan, albatta, umrining yashab o’tganidan so’ng qanday keksayishni ko’z oldiga keltirmoqchi bo’ladi. U qadriyatlardan so’ng yaqinlari ayniqsa, o’z farzandlari, nabiralari e’tibarida, e’zozida bo’lishni hohlaydi. Keksa bobo va buvilarimiz ko’pni ko’rgan, hayotiy tajribalari yetarli, oq-qorani bir-biridan ajrata oladigan bo’lishadi. Shuning uchun ham xalqimizda: ”Qari bilganini pari bilmas”,  –  iborasi keng qo’llaniladi. Keksalar farzandlariga qanchalik e’tiborli bo’lsa, ularning hurmatini joyiga qo’ysa, holidan xabardor bo’lib tursa, ularning ko’ngli tog’dek ko’tariladi va duodan qo’llari bo’shamaydi. Shunday tarbiyali farzandlarni tarbiyalaganlaridan  o’z ichlariga sig’ishmaydi. 
Ayniqsa bugungi kunga kelib, yurtimizda qariyalarimizga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bularning eng asosiysi qilib, Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb atalganini misol qilib olishimiz mumkin. Keksalarimizga qaratilayotgan bunday e’tiborni, boshqa davlatlardan topish amri maxol. Shu bilan birgalikda sobiq sho’ro davrida  urushda mardonavor qatnashgan, o’z vatani, erki, hurligi,  jangga otlangan qariyalarimiz uchun bugunda davlatimiz tomonidan turli mukofotlar va ma’lum pul mablag’lari ajratilmoqda. Bundan tashqari shunday erkparvar qariyalarimiz qismini to’plab davlat tomonidan tarixiy obidalarimiz, ziyoratgoh joylarimizga turli sayohatlar uyushtirilmoqda. Bularning barchasi keksalarga bo’lgan yana bir e’tiborning yorqin dalilidir.
“Qarisi bor uyning — parisi” bor. Har bir farzand o’zining keksa ota-onasiga suyanch, tayanch bo’lishi lozim. Chunki u farzand bugun o’z qariya ota-onasiga qanday munosabatda bo’lsa, erta uning farzandlari ham o’ziga huddi shu munosabat va muomalani qaytaradi. Shunday ekan “Nima eksang, shuni o’rasan”iborasi bejizga keltirilgan emas. Shuning uchun har bir inson kelajagini oldindan o’ylagan holda o’zini tuta bilib, kattaga hurmatda- kichikka izzatda bo’lishi lozim. Biz farzandlar, nevaralar esa, keksa bobo va buvilarimizdan eshitayotgan har bir ibratli so’zlarini misli o’git singari yodlab olmog’imiz va ularga amal qilmog’imiz lozim.
Inson dunyoga kelibdiki, uning eng oltin davri bu-bolalikdir. Shundan so’ng u ota-ona bo’lib faqat va faqat farzandlari uchun yashaydi. Ularning tinchligini o’ylaydi. U faqatgina umrining so’ngi yillarida keksalik gashtini surishini, farzandlari e’tiborida bo’lishini istaydi. Shunday ekan, har bir farzand uchun o’z ota-onasi qariganida unga g’amxo’rlik qilib, uni e’zozlashi ham farz, ham qarzdir. Buni har birimiz yodimizda saqlamog’imiz lozim!
Davlatimizning bunday g’amxo’rligidan barcha keksalarimiz shod jumladan mening bobom Xolmamat bobo uzoq yillar shirkat xo’jaligida suvchi, brigadir lavozimlarida halol mehnat qilganlar. Dehqonchilik sohasida mohir bo’lganlar. Hozirda u kishini hamma usta dehqon sifatida bilib, maslahatlar so’rashadi. Bobom garchi nafaqada bo’lsalar ham, tinib-tinchimasdan o’z tomorqalarida bog’ yaratganlar. U kishini dehqon bobo deb ulug’lashadi. Mening bobom singari qariyalar yurtimizda ko’plab topiladi. Buvim esa, mahallada o’z tengqurlari ichida o’zlarining og’ir-vazminliklari, donoliklari bilan ajralib turadilar. Men ular bilan faxrlanaman.
O’zbekistonday jannatmakon yurtimizda qarilik ham bir saodatdir.     
Keksalarga cheksiz hurmat va ehtirom tariqasida Yurtboshimiz tomonidan bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va 14-aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni keksalarimizga qo`shimcha rag`bat va madad bo`ldi.
Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko`nglini ko`tarish yo`lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandi. Bu ham keksalarimizga e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomidir.
Osuda hayotimiz yo`lida kurashgan matonatli keksalarimizning ulug` duolari tufayli tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz.
O`zini hurmat qilgan ota-onalar ro`zg`orini moddiy tomondan ta’minlash, yangi imorat qurish yoki mashina sotib olish singari og`ir yumushlarni hech qachon voyaga yetmagan bolalari zimmasiga tashlab qo`ymaydilar. Lekin bu degani oila ishlarini, uning tashvishlarini faqat kattalar tortishi kerak degani emas. Oilada, agar sinchiklab qarasangiz, hammaga ish topiladi. Yana ham to`g`rirog`i oila ishlarining yurishishi, uning sog`lom va mustahkam bo`lishi sababchilari keksalarimizdir. Oilada bolaning ongi rivojlanishida ham keksalarning o`rni beqiyosdir. Chunki ular ulkan hayot tajribalariga egadirlar.



Boshqa manbalarda, masalan, “Qobusnoma”dakeksalarning hurmatini joyiga qo`yish, ularga izzat-ikrom ko`rsatish, yolg`izlatib qo`ymaslik zarurligi, bunday muruvvat bor joyda fayz, qut-baraka bo`lishi, turli balo-qazolar odamlarni chetlab o`tishi va aksincha, odamlar o`rtasida noinoqlik, muruvvatsizlik, xudbinlik yuzaga kelgan joyda esa turli falokatlar yog`ilishi uqtiriladi. Yaxshi niyat, duo va muruvvat turli ofatlar yo`lini to`sadi, degan gap ham bejiz aytilmagan.
Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo'lishadi. Chunki ular o'z umrlari davomida ko'p narsalarni ko'rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning — parisi bor» yoki «Qari bilganni — pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor: qariyalar bor uy fayzli bo'ladi, chunki ular yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri yo'lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to'ladi.
Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o'xshaydi. U — bugun bola, so'ngra ulg'ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo'ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo'lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.
Keksalik umrning donishmandlik davri hisoblanadi. Hayot farovonlashib borayotgani sari insonning nafaqat jismoniy umri, balki ijtimoiy umri va faolligi ham uzayib boradi. Buni mustaqil mamlakatimiz misolida yaqqol ko`rish mumkin. Yoshlarga har jihatdan o`rnak bo`lib kelayotgan piru badavlat, obro`-e’tiborli kishilarning xalqimiz orasida ko`payib borayotgani, bunday insonlar oilalarda, mahallalarimizda tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat barqaror bo`lishiga, yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Yoshlar keksalarni e’zozlar ekanlar, bu bilan o`zlari uchun ham piru badavlatlik poydevorini qo`ygan bo`ladilar. “Har kim ekkanini o`radi” deganlaridek, biz bugun otaxon-onaxonlarimizni, ustoz-u murabbiylarni qanchalar hurmat qilsak, vaqti kelib o`zimiz ham shunday ulug` e’zozga, hurmat-ehtiromga muyassar bo`lamiz.  Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.
 
 
“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri” mavzusidagi insholar tanloviga.
Yangiqo`rg`on tuman XTMFMT va TEB ga qarashli
5-umumiy o`rta ta’lim maktabining 9-“A” sinf o`quvchisi Ismoilova Munavvar.
Yangiqo`rg`on tuman Gaiston MFY 38-uy.
Tel.: +99893 494 07 85
 

MENING BOBOM, BUVIM – MAHALLAMIZ FAXRI

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
MENING BOBOM, BUVIM – MAHALLAMIZ FAXRI
Qarisi bor uyning – parisi bor.
(Maqol)
REJA:
1.    Keksalarga ehtirom.
2.    Keksalar duosi.
3.    Mahallamiz va buvim.
4.    Oilaning yuksalishida keksalarning o`rni.
5.    Bobolar qalbidagi mehr va muruvvat.
 
Keksalarga cheksiz hurmat va ehtirom tariqasida Yurtboshimiz tomonidan bu yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va 14-aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni keksalarimizga qo`shimcha rag`bat va madad bo`ldi.
Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko`nglini ko`tarish yo`lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandi. Bu ham keksalarimizga e’zoz va ehtiromning mantiqiy davomidir.
Osuda hayotimiz yo`lida kurashgan matonatli keksalarimizning ulug` duolari tufayli tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz.
Keksalarning ko`ngli nozik bo`ladi. Shuning uchun ularga mehr va e’tibor zarur. Maktabizning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti bilan birgalkda mahallamizdagi keksalar uylariga ziyorat uchun borildi. Mana shu qatorda buvimning ham yonlariga borib, ular bilan maroqli suhbat o`tkazishdi. Buvim ham bundan xursand bo`lib, tengdoshlarimni uzundan-uzoq duo qildilar. Mana shunday tinch va osuda hayotimiz uchun Yaratganga shukronalar aytib, Davlatimiz rahbariyatining tinchlik yo`lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab o`tdilar.
Barchamizga ibrat, o`rnak bo`lib kelayotgan aziz va mo`tabar otaxon va onaxonlarimizning ulug` duolari har narsadan ustundir. Ularning beqiyos jasorati, so`nmas irodasi oldida hamisha qarzdormiz.
Mening buvimni barcha mahallamiz faxri deb hisoblaydi. Chunki, ularning maslahatlari, qimmatli o`gitlari har qanday sharoitda kishilarga yordam bera oladi. Buni qishlog`imizda o`tkazib kelinayotgan “Mahalladoshlar yig`ini”da e’tirof etib o`tildi. Ularning bergan maslahatlari mahallamiz rivojiga juda katta hissa qo`shmoqda. Ushbu yig`inda mahallamizning keksa bobo-buvilari faol ishtirok etib yoshlarga ibrat maktabi bo`lib xizmat qilmoqda. Mahallamizda bobom va buvim qatori yana bir qancha otaxonlar va onaxonlar: M. Olixo`jayev, M. Qoplonova, I.Turg`unov, M. Sadriddinov va boshqa nuroniy keksalarimiz yig`inlarda, to`y-hashamlarda yoshlarga o`z maslahatlarini ayamasdan berib kelishmoqda.
Buvim doim menga: “Sizlar uchun yaratilayotgan bus hart-sharoitlar – biz uchun ertaklardagi orzu edi. Bularning qadriga yeting, imkoniyatlardan unumli foydalaning”, — deb ta’kidlaydilar. Qo`llarini duoga ochib, el-yurt tinchligi, xalqimiz farovonligini tilayotgan otaxon-u onaxonlarimiz hamisha omon bo`lishsin. Ezguliklar diyori bo`lgan yurtimiz bundan-da gullab yashnayversin!
O`zini hurmat qilgan ota-onalar ro`zg`orini moddiy tomondan ta’minlash, yangi imorat qurish yoki mashina sotib olish singari og`ir yumushlarni hech qachon voyaga yetmagan bolalari zimmasiga tashlab qo`ymaydilar. Lekin bu degani oila ishlarini, uning tashvishlarini faqat kattalar tortishi kerak degani emas. Oilada, agar sinchiklab qarasangiz, hammaga ish topiladi. Yana ham to`g`rirog`i oila ishlarining yurishishi, uning sog`lom va mustahkam bo`lishi sababchilari keksalarimizdir. Oilada bolaning ongi rivojlanishida ham keksalarning o`rni beqiyosdir. Chunki ular ulkan hayot tajribalariga egadirlar.
O`tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir. Keksalarning qalbidagi mehr-muruvvat aks etgan ko`plab asarlar mavjud. O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov “Besh donishmand, samoviy mehmon va farrosh kampir” qissasida yozadi:



Xabar keldi Fan shahriga
Olis Jungli tomondan.
O`tgan kecha allanarsa
Yonib tushmish osmondan.
Yulduz desa yulduzmas,
Yo yo`ldoshmi bir daydi.
 Har holda u shov-shuv solgan
Tarelkaga o`xshaydi.
Ichkariga qarab birdan
Angrayishib qolishdi.
Yotar edi o`rindiqda
Allaqanday bir maxluq.
Bir ko`zi bor manglayida,
Ikkinchisi mutloq yo`q.
O`sha payt deng farrosh kampir
Kirib keldi tentirab,
Voy, bechora bolaginam,
Dard zabtiga opti-ku!
Holdan toyib boshqa ko`zi
Yumilib ham qopti-ku!
Azbaroyi mehr bilan
Boshginasin siladi.
Tikandayin tikka o`sgan
Sochginasin siladi.
Jon kirgandek bo`ldi birdan,
Oyoq-qo`li qimirlab,
Jilmaygandek bo`ldi hatto,
Gapirganday shivirlab.
Olimlarning xizmatlari
Yo`q, bekorga ketmabdi.
Shuncha ishni qilishibdi,
Faqat MEHR yetmabdi.



Mana ko`rdingizmi, qandaydir maxluq ham keksalarning qalbidagi mehr-muruvvatni anglay oldi.
Boshqa manbalarda, masalan, “Qobusnoma”dakeksalarning hurmatini joyiga qo`yish, ularga izzat-ikrom ko`rsatish, yolg`izlatib qo`ymaslik zarurligi, bunday muruvvat bor joyda fayz, qut-baraka bo`lishi, turli balo-qazolar odamlarni chetlab o`tishi va aksincha, odamlar o`rtasida noinoqlik, muruvvatsizlik, xudbinlik yuzaga kelgan joyda esa turli falokatlar yog`ilishi uqtiriladi. Yaxshi niyat, duo va muruvvat turli ofatlar yo`lini to`sadi, degan gap ham bejiz aytilmagan.
Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo'lishadi. Chunki ular o'z umrlari davomida ko'p narsalarni ko'rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning — parisi bor» yoki «Qari bilganni — pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor: qariyalar bor uy fayzli bo'ladi, chunki ular yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri yo'lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to'ladi.
Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o'xshaydi. U — bugun bola, so'ngra ulg'ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo'ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo'lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.
Keksalik umrning donishmandlik davri hisoblanadi. Hayot farovonlashib borayotgani sari insonning nafaqat jismoniy umri, balki ijtimoiy umri va faolligi ham uzayib boradi. Buni mustaqil mamlakatimiz misolida yaqqol ko`rish mumkin. Yoshlarga har jihatdan o`rnak bo`lib kelayotgan piru badavlat, obro`-e’tiborli kishilarning xalqimiz orasida ko`payib borayotgani, bunday insonlar oilalarda, mahallalarimizda tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat barqaror bo`lishiga, yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Yoshlar keksalarni e’zozlar ekanlar, bu bilan o`zlari uchun ham piru badavlatlik poydevorini qo`ygan bo`ladilar. “Har kim ekkanini o`radi” deganlaridek, biz bugun otaxon-onaxonlarimizni, ustoz-u murabbiylarni qanchalar hurmat qilsak, vaqti kelib o`zimiz ham shunday ulug` e’zozga, hurmat-ehtiromga muyassar bo`lamiz.  Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.
 
 
“Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri” mavzusidagi insholar tanloviga.
Yangiqo`rg`on tuman XTMFMT va TEB ga qarashli
4-umumiy o`rta ta’lim maktabining 8-“B” sinf o`quvchisi AZIZAXON MIRABDULLAYEVA.
Yangiqo`rg`on tuman Qizilqiyoq MFY 91-uy.
Tel.: +99893 491 50 25